Saloҳga o‘rinbosar yaqin hududdan topildi

  • 23.04.2026 09:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” joriy mavsum oxirida klubni tark etadigan Muhammad Saloҳ o‘rnini bosish uchun bir necha to‘purarlar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Xususan, mersisaydliklar Fransiyaning eng qudratli klubi “Pari Sen-Jermen”ga tegishli bo‘lgan Randal Kolo Muanini kuzatyapti.

Parij jamoasini Luis Enrique qabul qilib olganidan keyin Muaning asosiy tarkibga kirishi qiyinlashib qoldi. Shundan so‘ng, hujumchi ijara asosida “Tottenxem”ga o‘tdi.

“Liverpul” fransiyalik hujumkor futbolchi uchun kurashda tarkibini kuchaytirishga e’tibor qaratayotgan “Yuventus” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Turin superklubi ham Randalni yozda xarid qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

27 yoshli o‘yinchining yozdagi transfer qiymati taxminan 35 million yevro bo‘lishi kutilmoqda va bu summa turinliklarni qoniqtiradi. “Yuventus” hujumchiga yiliga 7 million yevro maosh to‘lashga tayyor. “Liverpul”ning qiziqishi tufayli italyanlik klub transferni tezlashtirishi mumkin.

Joriy mavsumda Kolo Muani barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning PSJ bilan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!