Saloҳga voris topildi, lekin uni olish oson emas
The Athletic nashrining xabar berishicha, “RB Leyptsig” qanot hujumchisi Yan Diomande yozgi transfer oynasida “Liverpul”ning asosiy nishonlaridan biriga aylangan.
Maʼlum qilinishicha, Germaniya klubi 19 yoshli futbolchini yana kamida bir mavsum jamoada olib qolishni istamoqda. Biroq 87,2 million funt sterlingdan yuqori taklif tushsa, transfer shu yozning oʻzida amalga oshishi mumkin.
Xabarda aytilishicha, Kot-d’Ivuar terma jamoasi aʼzosini qoʻlga kiritishda “Liverpul” qulay holatda turibdi. Futbolchiga shuningdek Fransiyaning amaldagi chempioni “Pari Sen-Jermen” ham qiziqish bildirmoqda.
“Liverpul” klubni tark etadigan Muhammad Saloҳning oʻrnini toʻldirishi kerak. Shu bois klub skautlari Diomande oʻyinlarini uzoq vaqtdan buyon diqqat bilan kuzatib kelayotgani taʼkidlanmoqda.
19 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hisobotda taʼkidlanishicha, bosh murabbiy Arne Slot jamoasi yozda ayniqsa qanot hujum chizigʻini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Shu sababli Yan Diomande hozirgi transfer bozorida eng talabgir va eng koʻp muhokama qilinayotgan yosh iqtidorlardan biri sifatida koʻrilmoqda.

Fikrlar