
Samarqand jamoasi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etadi
Ilgariroq Toshkentning "Binokor" klubi Qozog‘iston chempionatida o‘ynashi borasida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, "Binokor" Oliy Xokkey ligasida faoliyatini boshlaydigan "Humo" jamoasining farm-klubi sifatida qo‘shni mamlakat chempionatida o‘ynashi rejalashtirilgan edi.
Biroq Shaiba.kz nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur chempionatda "Binokor" emas, balki Samarqandning "Sherdor" klubi qatnashadi. Shu tariqa, chempionatning joriy yilgi mavsumida 11 ta klub ishtirok etadi.
Fikrlar