
"Sampdoriya" 37 yoshli hujumchisini "Yuventus"ga 1 millionga sotmoqchi
"Yuventus" o‘z safiga "Sampdoriya" hujumchisi Fabio Kvalyarellani qo‘shib olmoqchi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Sampdoriya" 37 yoshli futbolchisini 1 million evroga baholamoqda. “Keksa sinora” esa 500 ming evro bermoqchi.
Bundan tashqari, Kvalyarella “Yuve”dan 1,5 yillik shartnoma so‘ramoqda. Turinliklar unga faqat yarim mavsumli shartnoma taklif qilmoqda.
Kvalyarella joriy mavsum A Seriyada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol urdi.
Fikrlar