
Samvel Babayanning Xitoydan ketishi aslida nima bilan bog‘liq edi?
2019 yilning dekabr oyida Xitoyning “Chanchun Yatay” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan Samvel Babayan o‘tgan yilning oktyabr oyida iste’foga chiqqandi. O‘shanda ko‘pchilik uning nima uchun jamoadan ketganiga hayron qolgandi.
Chunki Babayan boshchiligidagi “Chanchun Yatay”ning natijalari chakki emasdi. To‘rt g‘alaba, ikki durang va bir mag‘lubiyat qayd etilgandi. Bu esa aslida murabbiyning iste’foga chiqishiga etarli sabab bo‘la olmasdi. Shu bois, uning ketishi nima bilan bog‘liq ekanligi haligacha mavhum bo‘lib kelayotgandi. Bu borada esa murabbiyning o‘zi hali hech qanday munosabat ham bildirmayotgandi.
Bundan tashqari, yaqinda uning “Navbahor”da ish boshlashi ham kutilgandi va muzokaralar ham olib borilgandi. Biroq yakunda ikki tomon ham boshqa yo‘lni tanladi.
Bir so‘z bilan aytganda, Samvel Babayanning Xitoydan ketishi va nima uchun “Navbahor” bilan bir to‘xtamga kela olmagani muxlislar uchun qiziq edi. Nihoyat, ushbu masalalar bo‘yicha murabbiy o‘z munosabatini bildirdi. Tez orada sports.uz saytida Babayan bilan suhbatni o‘qishingiz mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting!
Fikrlar