Samyuel Eto′O: "Biz kambag‘allar emasmiz"

  • 05.05.2022 00:51
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" va "Inter" safidagi o‘yinlari bilan futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan Samyuel Eto′O "oltin to‘p" sovrini Afrika qit’asi vakillari qo‘lga kiritishi juda ham qiyin ekanligi haqida fikr bildirdi:

"Afsuski, bizni qit’adagi futbolchilarga bu sovrin topshirilishi imkonsizdek. Jorj Veaning 1995-yilda dunyoda tengsiz bo‘lganini inobatga olmasak, boshqa birorta "qora qit’a" vakili "France Football" tomonidan taqdirlanmagan.

Futboldan boshqa barcha sport turlarida qit’adoshlarimni kuchli ekanligini tan olishadi. Men bir nechta misol keltirishim mumkin. Biz bechora kambag‘al inson sifatida odamlar ko‘z o‘ngida qolganmiz. Vaholanki, kerakli texnika va jismoniy imkoniyatga ega iqtidorlarmiz."

Eslatib o‘tamiz, bundan 27 yil avval "Milan" a’zosi Jorj Vea "oltin to‘p"ga ega chiqqan. Undan so‘ng, birorta afrikalik futbolchi bu sovringa loyiq ko‘rilgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!