Sancho bo‘lmasa Torres
"Manchester Yunayted" klubi mavsumlar oralig‘ida o‘z safini "Valensiya" xavbeki Ferran Torres bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, agar “qizil iblislar” “Borussiya” Dortmund vingeri Jeydon Sanchoni sotib olisholmasa, bor e’tiborlarini aynan 20 yoshli ispaniyalik futbolchiga qaratishadi.
Torres joriy mavsum “Valensiya” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar