MYu kutayotgan Sancho klubidan yashirincha Angliyaga borgani fosh bo‘ldi
“Borussiya” vingeri Jeydon Sancho karantin qoidalarini buzib Angliyaga borib kelgani ma’lum bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” nishonida bo‘lgan bu futbolchi safari haqida klub rahbariyatini ogohlantirmagan. Dortmundga qaytib kelgan Sancho qoidaga muvofiq ma’lum muddatga karantinga olindi.
Shov-shuv ko‘tarilib ketishini istamagan “Borussiya” vakillari 20 yoshli futbolchining mashg‘ulotlarda qatnashmaganini kichik jarohat bilan izohladi.
Fikrlar