Sanchoning transferi amalga oshmay qolishi mumkin

  • 5 avgust, 2020, 06:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning "Manchester Yunayted"ga transferi amalga oshmay qolishi mumkin.

Tecno

The Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" "asalarilar" talab qilayotgan 120 million evro tovon pulini to‘lamoqchi emas. Agar nemis klubi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaydigan bo‘lsa, unda mankunianliklar ishni dedlaynga olib bormasdan, boshqa variantlarga murojaat qiladi.

Insayder Devid Ornshteyn MYu va angliyalik futbolchi o‘rtasidagi shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuv ishlari ham yakunlamagani haqida xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!