Sanjar Fayziev musobaqani g‘alaba bilan boshladi

  • 21 avgust, 2019, 04:57
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Rossiya poytaxti Moskva shahrida tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning asosiy to‘r bahslari birinchi davrasida hamyurtimiz Sanjar Fayziev g‘alaba qozondi.
 
Sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqada Sanjar Fayziev rossiyalik Aleksandr Shevchenkoni 7:6, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
 
Shu tariqa Sanjar turnirning ikkinchi davrasida yana bir mezbon tennischi Aleksandr Bindaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!