
Sanjar Fayziev Qozog‘istonda bellashmoqda
Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnir qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tmoqda.
Kuni kecha musobaqaning ikkinchi davrasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev rossiyalik Roman Safiullinni 6:1, 7:5 hisobida mag‘lub etgan edi.
Bugun, 9 may kuni S.Fayziev 1/8 final bosqichida ukrainalik Ilya Marchenkoga qarshi kortga chiqadi. Birozdan so‘ng mazkur bahs natijasi bilan saytimiz orqali birinchilardan bo‘lib tanishasiz.
Fikrlar