Sanjar Rashidov "Metallurg" safiga qo‘shildi (foto)

  • 21 iyul, 2022, 11:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning “Metallurg” klubi ikkinchi davraga tayyorgarligini davom ettiryapti. Kecha Luisma Ernandes jamoasi “Andijon”ga qarshi nazorat uchrashuvida 4:1 hisobida ustun kelgani haqida saytimiz orqali ma’lumot berdik.

Ushbu uchrashuvni kuzatib borgan Sports.uz muxbirining xabar qilishicha, “Metallurg” safiga iqtidorli yarim himoyachi Sanjar Rashidov qo‘shilgan. Ushbu futbolchi birinchi davrani hech bir klubda o‘tkazgani yo‘q. Uning oxirgi jamoasi “Bunyodkor” klubi edi.

sanjar_1

“Andijon”ga qarshi bahsda Rashidov ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushirildi. Bundan tashqari, “So‘g‘diyona”da to‘p surgan hujumchi Bobur Farhodov ham ayni chog‘da “Metallurg” mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Ushbu futbolchi ham kecha “Andijon”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etdi. Lekin hozircha ular bilan shartnoma imzolangani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!