
Sanjar Shoahmedov AGMKdan ketdi. Unga "Qizilqum" jiddiy qiziqib qoldi
O‘tgan yilgi mavsumni AGMK klubida o‘tkazgan yarim himoyachi Sanjar Shoahmedov joriy yilgi chempionatda jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi olmaliqliklar safini tark etgan. Unga bildirilgan takliflar orasida “Qizilqum” varianti ma’qul ko‘rinyapti. Shu sababli Sanjar katta ehtimol bilan yangi mavsumni Navoiy klubida boshlashi kutilmoqda.
Yarim himoyachi o‘tgan yili AGMK tarkibida Superliga doirasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib 1 ta gol urdi.
Fikrlar