Sanjar Shoahmedov Malayziyadagi holat haqida gapirdi

  • 21 aprel, 2020, 19:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Lokomotiv" klubi sobiq futbolchisi, hozirda Malayziyaning "Terengganu" jamoasida davom ettirayotgan Sanjar Shoahmedov klub matbuot xizatiga bergan intervyusida Malayziyadagi vaziyat haqida aytib o‘tdi.

Tecno

"Hamma joyda bo‘lgani kabi bu erda ham karantin. Uydan deyarli chiqayotganimiz yo‘q. Faqat zarur bo‘lsagina, ko‘chaga chiqyapman. Har kuni uyda o‘zim individual shug‘ullanib turibman. Menimcha, jamoaviy mashg‘ulotlarga keyinroq kirishsak kerak.

Buyog‘iga Ramazon oyi ham yaqinlashib qoldi, Malayziyada ro‘zaga juda jiddiy qarashadi. Balki ro‘zadan keyin o‘yinlarni o‘tkazishimiz mumkin", - deya Shoahmedovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Lokomotiv" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!