Sanjar Shoahmedov: Menga Janubiy Koreya va Erondan ham takliflar bo‘lgandi

  • 10 mart, 2019, 22:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumdan boshlab Malayziya chempionatiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Sanjar Shoahmedovni ham endi kuzatishda davom etamiz. «Lokomotiv»dagi ajoyib o‘yinlari orqali muxlislarning ishonchini qozongan yarim himoyachi Malayziyaga O‘zbekiston chempioni sifatida taklif etilganligi ham e’tiborga molik. Shu tariqa, Shoahmedovning Malayziyadagi faoliyati boshlandi. U «Terenganu» jamoasi bilan kelishuvga erishgan holda o‘zi uchun yangi chempionatdagi faoliyatini boshladi. Aslida esa Sanjar bundan ham saviyasi kuchliroq bo‘lgan chempionatga to‘p surishga munosib edi. Ammo u o‘z tanvolini qabul qildi va Malayziyani tanlashga qaror qildi. Shu sababli kuni kecha Shoahmedov bilan bog‘lanib, nima uchun ushbu chempionatga ko‘chib o‘tganining sabablarini bilishga qiziqdik va shu orada yana boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

“Menga Janubiy Koreya va Erondan ham takliflar bo‘lgandi”

- Boya aytganimdek, bu jamoa bilan oktyabr oyida gaplashib, ularga oldindan lafz berib qo‘ygandim. Ular bilan kelishib qo‘yganimdan so‘ng oldimda yana yangi variantlar paydo bo‘la boshladi. Misol uchun Janubiy Koreya va Erondan ham takliflar kelib tushgandi. Shunchaki, men malayziyaliklarga ertaroq o‘z va’damni berib qo‘yganim bois lafzimni buza olmadim. Natijada boshqa mamlakatlarning takliflariga rad javobini berishga majbur bo‘ldim.

Sanjar Shoahmedov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!