Sanjar Tursunov va Elnur Abduraimov bir kechada jang qiladi. Raqiblar ham ma’lum bo‘ldi

  • 22 fevral, 2021, 21:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 26 fevral kuni Rossiyaning Moskva shahrida "Shamo Boxing" promouterlik kompaniyasi tomonidan boks kechasi tashkil qilinadi. Unda bir qator hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazishini ma’lum qilgan edik.

Tecno

Jumladan, Mirzakamol Ne’matov (3-0, 1 KO) mezbon Marat Xuzeevga qarshi jang qilsa, Bahromjon Fozilov tojikistonlik Nozimjon Tojiev bilan to‘qnash keladi. Elnur Abduraimov (6-0, 6 KO) ham ushbu jang kechasida ringga ko‘tarilishi, biroq raqib ma’lum emasligi haqida ham xabar bergan edik.

Bunga ham oydinlik kiritilgan ya’ni, Abduraimov yana bir hamyurtimiz Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tavallud topgan Sherzodjon Abdurazzaqov (1-1-0) bilan jang qiladigan bo‘lgan. Shuningdek, Sanjar Tursunov (1-0, 1 KO) ham ushbu jang kechasida ringga ko‘tariladi. U Belarus vakili Yuriy Bixovtsev (10-21-3, 5 KO) bilan bahs yuritadi.

Mazkur janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Azizbek Abdug‘ofurovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!