
Santush: "Muxlislarimizga ular kutgan mukammal o‘yinni mana endi taqdim qildik"
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Shveytsariya bilan bahsni (6:1) sarhisob qildi.
"Muxlislarimizga ular kutgan mukammal o‘yinni mana endi taqdim qildik. Biroz kechroq, ammo yoqimli natijaga erishdik. Futbolchilar o‘z ishlariga chuqur mas’uliyat bilan yondashishdi, o‘yin davomida konsentratsiyani deyarli yo‘qotmadik. Biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik.
Portugaliya Shveytsariya taktikasiga qanday qarshi chiqish kerakligini juda yaxshi bilardi. Biz to‘pga kutilganidan ko‘proq egalik qildik, uni raqibdan tezda qaytarib olish muammo bo‘lmadi, ularga erkin zona qoldirmay, uyushqoqlik bilan harakat qildik.
Bitta gol o‘tkazib yuborganimiz biroz achinarli bo‘ldi, lekin hammasi joyida, kurashuvchanlikni yo‘qotmaymiz", - deydi Santush.
Fikrlar