
Sardor Qulmatov sobiq klubiga qaytdi
«So‘g‘diyona» Islom Qobilovni transferidan keyin yana bir futbolchi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
O‘tgan mavsum Malayziyaning «Terengganu» jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi 2021 yil Superliga kumush medallari sohibi Sardor Qulmatov "So‘g‘diyona" bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida Sardor Qulmatov 1994 yil 22 avgustda tavallud topgan. Sardor Qulmatov o‘tgan mavsumda «Terengganu» tarkibida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozidirib qo‘ygan. Shuningdek 261 daqiqa maydonda harakat qildi.
Futbolchi faoliyati davomida «So‘g‘diyona U21», «So‘g‘diyona», «Terengganu» jamoalarida to‘p tepgan. Uning so‘ngi jamoasi «Terengganu» hisoblanadi.
"So‘g‘diyona" matbuot xizmati.
Fikrlar