Sardor Rashidov ishtirok etayotgan chempionat qachondan davom ettiriladi?

  • 26 iyun, 2020, 21:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi tufayli Qatar chempionati ham to‘xtatib qo‘yilgandi. Bilasiz, yulduzlar ligasida hamyurtimiz Sardor Rashidov “Qatar SK” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Tecno

Qatarda bungacha 17 ta tur o‘tkazib bo‘lingan va oxirgi o‘yinlar 7 mart kuni o‘tkazilgan. Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Qatar SK” esa 6 mart kuni “Al Ahli” maydonida 2:2 hisobida durang o‘ynagandi.

Shundan keyin Qatarda ham futbolchilar majburiy tanaffusga chiqishgandi. Ammo, endilikda u erda ham futbol uchrashuvlari yana davom ettiriladigan bo‘lib turibdi.

Bu borada Rashidovning Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, chempionatning 18-tur bellashuvlari 24 iyuldan davom ettiriladi. Shu kuni “Qatar SK” o‘z maydonida “Al Rayyan” jamoasini qabul qiladi. Sardor esa o‘z jamoasi bilan mashg‘ulotlarga jiddiy kirishgan.

Ayni paytda Qatar yulduzlar ligasida Rashidovning klubi 12 ta ishtirokchi orasida 9-o‘rinni band etib turibdi. “Qatar SK” hozirgacha 17 ta uchrashuvda 17 ochko jamg‘argan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!