
Sardor Rashidov "Paxtakor" mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda! (foto)
Superliga amaldagi chempioni "Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Klub asosiy tarkibi bugun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishdi. Qibraydagi klub bazasida o‘tgan dastlabki mashg‘ulotda futbolchilar engil yugurish va to‘p bilan ishlash mashqlarini bajarishdi. Yanvar oyida tayyorgarlik jarayoni Qibrayda olib boriladi.
Mazkur yig‘inda "sherlar" sobiq a’zosi Sardor Rashidov ham ishtirok etmoqda. Tajribali futbolchi o‘yin amaliyotini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun "Paxtakor" tarkibida shug‘ullanyapti. Shartnoma imzolash haqida umuman gap-so‘z yo‘q! Uning o‘zi bu ma’lumotni SPORTS.uz jurnalistiga tasdiqladi.
Fikrlar