Sarri qo‘l ostida "Yuventus" so‘nggi 9 yildagi eng yomon natijani qayd etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ketma-ket 9-bor Skudettoni qo‘lga kiritgan "Yuventus" so‘nggi yillardagi eng qiyin mavsumini o‘tkazdi. Bu haqida "OPTA" nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumot berishicha, turinliklar tomonidan ushbu mavsumda to‘plangan 83 ochko so‘nggi 9 mavsumda eng past natija bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, Sarri shogirdlari oxirgi 8 ta o‘yinning 2 tasidagina g‘alabaga erishdi. "Sampdoriya" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, rasman Italiya chempioniga aylangan "keksa sinora" oxirgi ikkita turda ketma-ket "Kalyari" va "Roma"ga mag‘lub bo‘ldi. 

Shuningdek, mavsum davomidagi mag‘lubiyatlar soni (7 ta) bo‘yicha ham "biankonerilar" 9 yillik antirekordni yangiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!