Sarrining ortidan "Yuventus"da yana bir amaldor ishdan ketishi mumkin

  • 08.08.2020 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrini iste’foga chiqarish bilan cheklanib qolmoqchi emas.

Italiyalik jurnalista Janluki Di Martsioning xabar berishicha, turinliklar klub sport direktori Fabio Paratichini ham ishdan olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. 48 yoshli amaldor Massimiliano Allegri o‘rniga aynan Sarrini olib kelish taklifini ilgari surgan.

Paratichi “Yuventus”da 10 yildan buyon ishlab kelmoqda. Ushbu davr mobaynida “keksa sinora” 9 karra Italiya chempionligini tantana qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!