Sarvinoz Qurbonboeva Hindistonda sovrindor bo‘ldi

 

12 dekabr 3 yanvar kunlari oralig‘ida Hindistonning Mumbay shahri shaxmat bo‘yicha IIFL Wealth 2nd Mumbai International Chess Tornament (Open) turniriga mezbonlik qildi.

Dunyoning turli mintaqalaridan kelgan 218 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu turnirda hamyurtimiz Sarvinoz Qurbonboeva 9 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘argan holda ayollar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni band etdi.

Qayd etish joiz, hamyurtimiz ushbu ko‘rsatkich orqali musobaqaning eng yaxshi ayol sportchisiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!