
Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p tepayotgan eng yaxshi xorijlik futbolchilar reytingi tuzildi. Ronaldu nechanchi o‘rinda?
Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchilari ro‘yxatida Krishtianu Ronaldu birinchi o‘rinni egalladi.
2023 yildan buyon "An-Nasr"da o‘ynab kelayotgan portugaliyalik futbolchi "Four Four Two" nashri tomonidan tuzilgan reytingda peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. Saudiya chempionatida hozirgacha o‘ynagan jami 33 nafar xorijlik futbolchi bor.
Eng yaxshi 10 talikdan quyidagi futbolchilar joy oldi:
1. Krishtianu Ronaldu, "An-Nasr"
2. Neymar, "Al-Hilol"
3. Karim Benzema, "Al-Ittihod"
4. Gabriel Veyga, "Al-Ahli"
5. Riyod Maxrez, "Al Ahli"
6. N’golo Kante, "Al-Ittihod"
7. Sadio Mane, "An-Nasr"
8. Emerik Lyaport, "An-Nasr"
9. Bebeto, "Al-Ittihod"
10. Ever Banega, "Al-Shabab"
Fikrlar