
Saudiya Arabistoni hukumati vakillari "Nyukasl" bo‘yicha kelishuvda bevosita ishtirok etadi
Saudiya Arabistoni hukumat rasmiylari "Nyukasl Yunayted"ni sotib olish kelishuvida bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Aynan rasmiy hokimiyat moliyalashtiradigan "Saudi Aramco" fondi klubni 2021 yilda 305 million funt sterlingga sotib olgandi. O‘sha paytda APL rahbariyati saudiyaliklarning rasmiylari klubni bevosita nazorat qilmasligi haqida qonuniy kafolat olgandan keyingina kelishuvni ma’qullagan edi.
Shu kunlarda esa, "qarg‘alar"ning sobiq egasi Amanda Stavelining messenjeridagi yozishmalari internetga tarqaldi. Uning mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki, klubni sotish bo‘yicha kelishuv Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon as-Saud tomonidan ma’qullangan bo‘lishi katta extimol.
"The Guardian" nashrining xabar berishicha, Premer-liga kelishuvning qonuniyligini ko‘rib chiqish uchun asos ko‘rmayapti. Shu bilan birga, liga o‘z qarorining oqibatlariga oydinlik kiritish uchun hakamlik komissiyasiga murojaat kiritgan.
Fikrlar