Saudiya chempionati darajasi haqida: "Buni ortga qadam deb hisoblamayman"
"Al-Nassr" sport direktori Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishni ortga qadam sifatida ko‘rmayapti.
Klub hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan transfer borasida muzokaralar olib bormoqda.
- "Men besh yildan buyon shu erdaman va o‘zim suhbatlashgan barcha futbolchilar kelganlarida hayratda qolishdi. Ayniqsa, chempionat darajasidan.
- Ushbu holat "Bavariya" bilan Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan Luis Gustavo bilan sodir bo‘ldi. Vaziyatdan xabardor bo‘lmaganlar uchun bu odatiy hodisa.
- Ospina Saudiyaga kelganida, kolumbiyalik muxlislar bu xato ekanligini yozgan, ammo Saudiya Arabistonida futbol sezilarli darajada o‘zgargan".

Fikrlar