
Saudiya klubi "Real" yulduzi uchun rekord summada pul taklif qilgan
Saudiya Arabistoni chempionati klublaridan biri "Real" forvardi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Frantsiyalik yulduz uchun saudiyaliklar katta pul berishga tayyor. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan Saudiya klubi "qaymoqranglilar"ga rekord darajadagi 350 million evrolik taklif bilan kelgan. "Real" prezidenti Florentino Peres Mbappeni shuncha pulga ham qo‘yib yubormasligi ma’lum bo‘lgan.
Futbolchining o‘zi ham faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishni istamayapti.
O‘tgan mavsumda Kilian Mbappe Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urgan. Shuningdek, uning hisobida beshta assist mavjud. Frantsiyalik hujumchining "Real" bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar