
Saudiyaliklar Vinisiusni rekord darajadagi narxga olib ketadi
Saudiya Arabistoni futboli mutasaddilari mamlakatda futbolga katta investitsiya kiritish maqsadida Vinisius Juniorni olib kelishni yozgi transferlar oynasidagi asosiy vazifa sifatida belgiladi.
Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, shayxlar 24 yoshli braziliyalik yulduz uchun “Real”ga 350 million evro miqdorida badal puli to‘lashni rejalashtirilgan.
Futbolchining o‘ziga besh yillik shartnoma va umumiy hisobda bir milliard evro maosh taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, Vinisiusning o‘yin darajasiga qarab, unga turli bonuslar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Agar madridliklar bu taklifni qabul qilsa, Vinisiusning transferi jahon futbolidagi eng qimmat savdo bo‘ladi. Ayni paytda rekord Neymarga tegishli. PSJ 2017 yili bu futbolchi uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan.
Vinisiusning “Real” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Madridliklar hamkorlikni yana uch yilga uzaytirishni rejalashtiryapti.
Fikrlar