
Sen endi “Barselona”ga kerak emassan
"Barselona" Memfis Depayni "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundega almashtirmoqchi.
Andalusiya klubi Kundeni 60-65 million evroga baholamoqda. "Barselona" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlaydi, biroq hozircha bunday summani to‘lashga tayyor emas.
O‘z navbatida, kataloniyaliklar maoshlar bilan bog‘liq muammoni ertaroq echmoqchi. Shu bois, bir qancha futbolchilardan voz kechishga tayyor. “Qora ro‘yxat”dan joy olganlar orasida Depay ham bor. Niderlandiyalik forvard yozda klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri hisoblanaji.
O‘tgan mavsum Memfis “Barselona”ning La Liga doirasidagi 28 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar