Sensatsion g‘alabadan keyin Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 11 mart, 2023, 23:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 26-turi kutilmagan natija bilan boshlandi. Yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Spetsiya” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ikkinchi pog‘onada borayotgan “Inter”ni 2:1 hisobida taslim qildi.

Tecno

Bu jamoalarning avvalgi sakkizta uchrashuvidan birortasida liguriyaliklar g‘alaba qozona olmagan va atigi birgina durang bilan kifoyalanib, ettita bahsda mag‘lubiyatga uchragan edi.

Ha, bu galgi bahsda ham “Inter” haqiqiy favorit sifatida e’tirof etilgan edi. Biroq, “Spetsiya” futbolchilari “jon achchig‘i”da kuchli raqibni er tishlatdi.

20230305_zsa_z19_156

Biz uchun muhimi, Eldor Shomurodov yangi bosh murabbiy Leonardo Semplichi qo‘l ostida ilk bor boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.

Aytish joizki, legionerimizning A Seriyadagi golsiz seriyasi hamon davom etmoqda. Ikki markaziy hujumchidan biri sifatida to‘p tepgan hujumchimiz maydonni yana golsiz tark etdi. Shomurodov Italiya chempionatida oxirgi marotaba 2022 yilning 14 may kuni “Roma”ning “Venetsiya”ga qarshi uchrashuvida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

“Spetsiya” jamoasi faoliyatini yoritib borayotgan https://www.calciospezia.it sayti uchrashuvda qatnashgan futbolchilar o‘yinini quyidagicha baholadi.

DRAGOVSKI, 8:

Uchrashuvning boshida jahon chempioni Lautaro Martinesning 11 metrlik belgidan yo‘llagan zarbasini qaytarib, jamoasi g‘alabasiga poydevor qo‘ydi. Bellashuv davomida ham argenalik hujumchining xavfli zarbasini bartaraf etdi. “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku Dragovski darvozasini penaltidan ishg‘ol qila oldi xolos.

AMPADU 7:

“Spetsiya”ning to‘rt nafar himoyachisi orasida eng ishonchli o‘ynagani bo‘ldi. Edin Jekoning darvozaga xavf solishiga yo‘l qo‘ymadi. Barcha hujumlarni mahorat bilan bartaraf qildi.

KALDARA 6.5:

Kaldaraning D'Ambrozioga qarshi o‘yini penaltiga sabab bo‘ldi. Keyingi vaziyatlarda Romelu Lukakuning harakatlarini yo‘qqa chiqara olib, aybini yuvdi. Shuningdek, Jekoga ham imkoniyat bermadi.

NIKOLAU 6.5:

Birinchi penalti belgilangan vaziyatda pozitsiyani xato tanlagani pand berdi. Baxtiga darvozabon Dragovski oro kirdi. Bellashuvning ikkinchi yarmida chap qanotgao‘tib, raqibga umuman imkoniyat bermadi va muxlisu murabbiylar ishonchini oqladi.

AMЬYaN 6:

O‘ng qanotda “Inter”ning shu kuni eng zo‘r o‘ynagan vakili Gosensga qarshi turdi. Ayrim xatolariga qaramay, ancha ishonchli o‘ynadi.

AGUDELO 6:

Bu o‘yinchi uchrashuv davomida bir necha bor pozitsiyani o‘zgartirdi. Birgina xavfli zarbasi bilan esda qoldi.

KOVALENKO 6.5:

Agudelo o‘rniga maydonga tushgan ukrainalik futbolchi o‘yinni ancha jonlantirdi. Ayniqsa, pressing qilishda o‘zini ko‘rsatdi. Shuningdek, jamoasi uchun penalti ishlab berdi.

BURABIYa 6.5:

Burabiya raqib pleymeykeri Brozovichga qarshi o‘ynadi va uni o‘yindan chiqara oldi. Shuningdek, jamoadoshi Zurkovskiga katta yordam berdi.

ZURKOVSKI 5:

Zurkovskiga “Inter” pleymeykeri Brozovichni “yopish” vazifa yuklatilgandi. Lekin eplay olmadi. Semplichi uning joyiga Agudeloni o‘tkazgani ham ish bermadi. Brozovichni Burabiya o‘yindan “chiqardi”.

EKDALЬ 7:

Ikkinchi bo‘lim boshida Zurkovskini o‘rniga maydonga tushib, vaziyatni o‘z qo‘liga oldi. Himoyaga katta yordam berdi. Aqlli o‘yin ko‘rsatdi. Maydon markazidagi ustunlikni ta’minladi.

GЬYaSI 6:

Chap qanotda odatdagidek faol o‘ynadi. D'Ambrozio aksariyat vaziyatlarda undan o‘ta olmadi. Lekin hujumkor futbolchi sifatida raqibga hech qanday xavf tug‘dira olmadi.

FERRER 5:

81-daqiqada Gyasi o‘rniga maydonga tushgan Ferrer o‘z jarima maydonchasi ichida Damfrisga qarshi o‘yin qoidasini buzdi. Penaltidan unumli foydalangan Romelu Lukaku hisobni tenglashtirdi.

NZOLA 7.5:

Jamoaning asosiy to‘purari, degan nomni oqladi. O‘yin yakunlanishi arafasida mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olib, penaltini ijro etdi va jamoasining tarixiy g‘alabasini ta’minladi. Nzola mavsumdagi 12-to‘pini kiritdi.

ShOMURODOV 5:

Sodda o‘yin namoyish qilish orqali jamoasining hujumkorligini oshirishga harakat qildi. Biroq, hujumchi sifatida “Inter” darvozasiga xavf sola olmadi. Anchadan beri gol ura olmayapti. Ayrim vaziyatlarda muvozanatni saqlay olmay, to‘pni yo‘qotdi. Shu bois, birinchi bo‘limdan keyin joyini Maldiniga bo‘shatib berdi.

205048

MALЬDINI 7:

Shomurodov o‘rnini egallagan italiyalik hujumchi birinchi urinishdayoq “Inter” darvozasini ishg‘ol qildi. Maldini “Inter”ning azaliy raqobatchisi hisoblangan “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu gol futbolchi uchun alohida ahamiyatga ega.

SEMPLIChI 7:

“Spetsiya”ni hujumkor jamoaga aylantira oldi. O‘z vaqtida o‘yinchilarni to‘g‘ri almashtirdi. Taktikani oqilani o‘zgartirdi. Natijada jamoasi tarixiy g‘alabaga erishdi.

Shomurodovga xushxabar!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдурахмон лидер
11/03/2023 09:05
Ўзимизча турк лигасига ўтса орқага ташланган қадам бўлади деб юрибмиза. Манимча бунга лойиғи Малайзия лигаси хозирги холптида.
&
Po`lat Polvonov
11/03/2023 08:59
Шомуродов фақат югурдилар тўпдан қўрқди ўзидаги тўпни бериб қўйди Шома сенгга имкон берилябди хеч бўлмаса асисни расмийлаштир ёки гол ур бизни хафа қилябсан Шома ухламасдан сени ўинингни кўрамиз мухлислик қилсак сен ўйнай олмасанг.
&
салахидин
11/03/2023 21:16
Яхшиси Узбекистонга кайтсин обруй борида
Темиров Набижон
11/03/2023 10:12
Клубдошлари Шомуродовга тўп узатишмаса қандай қилиб гол урсин,келаётган ўйинларда омад тилаб қоламиз...........................,