Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq...

  • 28 mart, 2024, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Ozarbayjonning Boku shahri mezbonlik qilayotgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turnirida dunyoning eng kuchli bokschilari ham ishtirok etmoqda.

Tecno

Ko‘pchilikning e’tibori eng og‘ir vazn toifasiga qaratilgan. Vazni 92 kilogrammdan og‘ir charm qo‘lqop ustalari bahsida ko‘pchilik boks “el klasiko”si – Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev to‘qnashuvini kutayotgan edi.

Qur’aga ko‘ra, kutilgan bellashuv yarim finalga to‘g‘ri kelishi kerak edi. Biroq qozoq bokschisi kutilmaganda, chorak finalda yutqazib qo‘ydi. Kuchli raqibni rossiyalik yosh bokschi Ramazon Karnukaev mag‘lubiyatga uchratib, musobaqadagi eng katta sensatsiyaga sababchi bo‘ldi.

Bahodir Jalolov esa, eronlik Ruzbex Safariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Yarim finalda hamyurtimiz yangi raqib – Ramazon Karnukaev bilan to‘qnashdi. Bahsda jahon reytingi etakchisi hisoblandan Jalolov g‘alaba qozondi. Hakamlarning barchasi o‘zbek bokschisining ustunligini qayd etdi.

Tajribali raqibga 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergan Karnukaev Rossiya boks federatsiya matbuot xizmatiga jang haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Rossiyalik bokschi mag‘lubiyatini tan olgisi kelmadi.

- Raqibim o‘ta noqulay ekan, lekin jang umuman olib qaraganda, men uchun yomon o‘tgani yo‘q. Agar xotirjamroq harakat qilganimda yaxshiroq boks tushishim mumkin edi. Lekin juda shoshdim, rosa yutishni xohlagandim. Shu bois jangim biroz tartibsiz bo‘ldi.

Qo‘shimchasiga raqib boks tushish imkonini bermadi. O‘zi ham bor imkoniyatini ko‘rsatgani yo‘q. Uning tajribasi kattaligi va olimpiya chempioni bo‘lgani hisobiga g‘alabani unga berib yuborishdi, - dedi Ramazon Karnukaev.

Bahodir Jalolov finalda yana bir o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi bilan to‘qnash keladi. O‘ta og‘ir vazn toifasidagi janglarda ishtirok etib kelayotgan yosh bokschimiz Jahongir Zokirov final yo‘llanmasi uchun uchrashuvda ozarbayjonlik Muhammad Abdullaev bilan kuch sinashishi lozim edi. Biroq mezbonlar vakili bu jangga chiqamadi va hamyurtimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri finalga yo‘llanma oldi.

Nufuzli musobaqada yana bir necha bokschimiz o‘z vazn toifasida finalga chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda.

O‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilaridan Fazliddin Erkinboev, Rahmatilla Boymatov, Javohir Ummataliev, Saidjamshid Ja’farov, Shavkatjon Boltaev Shaxina Ne’matova o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sports 55
28/03/2024 01:24
Жалолов жуда галати жанг киляпти
Муродов Лутфулло
27/03/2024 16:07
Хакикатдан хам Жалолов бу турнирда суст харакат килаяпти .Бу ахвол билан Усик ,Фьюри ва Жошуа уёкда турсин , олимпиадада одий боксчидан хам маглуб булиши мумкин .