
"Sent-Eten" bekor qilingan o‘yin uchun 88 mingta bilet sotdi
"Sent-Eten" klubi koronavirusga qarshi kurashish uchun o‘zgacha uslubdan foydalandi.
Frantsuz klubi Frantsiya Kubogi final bahsi doirasida PSJ bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga 88058 ta onlayn bilet sotib ulgurdi.
Bahs 25 aprel sanasida "Stad de Frans" stadionida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq o‘yin koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilindi.
Ta’kidlanishicha, xar bir bilet 1 evroda sotildi va undan tushgan barcha mablag‘ Sent-Etendagi kasalxonalarga xayriya sifatida yuboriladi.
Fikrlar