
"Seonnam" ikkinchi o‘rindagi jamoani mag‘lub etdi. Aliboevda nima gap?
Janubiy Koreya K-2 Ligasi doirasidagi "Seonnam" va "Suvon Blyuings" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Seonnam" safida harakat qilayotgan legionerimiz Ikrom Aliboev jarohati sababli ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmadi. SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, ayni damda hamyurtimiz tiklanish jarayonida tez orada safga qaytadi.
"Seonnam" ayni damda chempionatda 10 ochko to‘plagan holda 11-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar