Serbiya prezidenti: 3-o‘rin uchun bahsda Marokashga muxlislik qilaman. Chunki...

  • 17 dekabr, 2022, 14:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich jahon chempionatining bronza medallari uchun bo‘ladigan o‘yinda kimga muxlislik qilishini aytdi.

Tecno

“Finalda kimni qo‘llab-quvvatlashni bilmayman, lekin uchinchi o‘rin uchun o‘yinda qaysi jamoaga muxlislik qilishni bilaman. Bu – Marokash. Chunki ular hech qachon Kosovo mustaqilligini tan olmaydigan birodarlarimizdir.

Novi-Pazar (aholisining aksariyati musulmonlar bo‘lgan Serbiyadagi shahar) musulmonlar bo‘lgani uchun Marokashga muxlislik qiladi deb o‘ylaysizmi? Ular bizning birodarlarimiz va do‘stlarimizdir”, — dedi Aleksandr Vuchich RTS telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 3-o‘rin uchun bahsda Marokash terma jamoasi Xorvatiya bilan to‘qnash keladi. O‘yin bugun, 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!