Serbiya terma jamoasi darvozaboni "Sevilya"ga o‘tadi

  • 12 yanvar, 2021, 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" yozda Serbiya terma jamoasi darvozaboni Marko Dmitrovich bilan o‘z safini kuchaytirishi mumkin.

Tecno

Estadio Deportivo nashrining yozishicha, 28 yoshli posbonning “Eybar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi va u shundan so‘ng andalusiyaliklar safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shiladi.

Dmitrovich “Eybar” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 18 ta gol o‘tkazib yubordi. Marko Serbiya terma jamoasida 16 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!