Serbiya terma jamoasi himoyachisida koronavirus aniqlandi

  • 12.11.2020 22:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Kristal Pelas" klubi va Serbiya terma jamoasi himoyachisi Luka Milivoevichning koronavirusga qarshi topshirgan test natijasi musbat chiqdi.

“Lukaning topshirgan testi musbat chiqdi. U hozir terma jamoa safida. U reglamentga ko‘ra Serbiyada karantinga olinadi. Unda kasallik alomatlarsiz kechmoqda”, - deb yoziladi klub bayonotida.

Serbiya terma jamoasi 18 noyabr kuni UEFA Millatlar ligasi guruh bosqich 6-turida Rossiyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!