Serbiyalik mashhur murabbiy kasallik sabab faoliyatini to‘xtatadi
“Bolonya” klubi bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich sog‘ligida yuzaga kelgan muammo sabab faoliyatini to‘tatishga majbur bo‘ldi.
Football Italia nashrining xabar berishicha 50 yoshli serbiyalik mutaxassis tezlashtirilgan kurslarda davolanadi. Hozircha uning kasalligiga qanday tashhis qo‘yilgani ma’lum qilinmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda bugun Sinisha Mixaylovich ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi va o‘shanda u barchasini aytishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sinishaning “Bolonya” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar