
Sergeev gol urgan bahsda "Patum Yunayted" kambek qurboni bo‘ldi
Osiyo chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Johor" - "Patum Yunayted" o‘yini o‘z nihoyasiga etdi va unda Malayziya klubi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 28-daqiqada legionerimiz Igor Sergeev hisobni ochdi biroq bu gol jamoasining g‘alabasi uchun etarli bo‘lmadi. Ketma-ket hujumlar uyushtirgan mezbonlar vakili Bergson 55 va 66-daqiqalarda gol urgan bo‘lsa, Endrik va Arif Xanapi ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Tailand klubi 6 turda ochko jamg‘armagan holda musobaqani tark etdi.
Fikrlar