
Sergey Fomin g‘olib bo‘lishiga sal qoldi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning asosiy to‘r bahslari birinchi davrasida hamyurtimiz Sergey Fomin kortga chiqdi.
Ushbu bosqichda Sergey o‘zining azaliy raqibi rossiyalik Kristian Lozanga qarshi uch set davomida bahs olib bordi va 1:6, 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Birozdan so‘ng, boshqa bir vakilimiz Jo‘rabek Karimov rus tennischisi Matvey Mininga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar