Sergey Lipinetsning kim bilan jang qilishi aniqqa o‘xshaydi

  • 23 noyabr, 2020, 11:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik bokschi Sergey Lipinets navbatdagi jangini 2021 yil fevral yoki mart oyi boshlarida o‘tkazadi.

Tecno

Sportchining menejeri Aleks Vayfeldning ta’kidlashicha, Lipinetsning raqibi Errol Spens - Denni Garsiya jangidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

“Jang fevral oyining oxiri yoki martning boshlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Raqib Errol Spens - Denni Garsiya jangidan so‘ng aniqlanadi. Shon Porter bilan jang qilishi ham mumkin, bu muzokaralar bosqichida”, - dedi Vayfeld.

Ma’lumki, oktyabr oyida Lipinets yarim o‘rta vazn toifasida IBFning vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun kanadalik Kastio Kleytonga qarshi jang o‘tkazdi va bu durang bilan yakunlangandi. Aslida, bu titul uchun rossiyalik bokschi hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov bilan jang qilishi kerak edi. Biroq yurtdoshimizda viza borasidagi muammolar tufayli, bu jangga bora olmagan va uning o‘rnini yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kanadalik Kleyton to‘ldirgandi.

31 yoshli Lipinets professional boksda 18 ta jang o‘tkazgan va 16 bora g‘alabaga erishgan (12 tasi nokaut bilan).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!