
Serj Ore yozda "Tottenxem"dan ketishni xohlaganini aytdi
“Tottenxem” klubi himoyachisi Serj Ore yozgi transferlar davrida jamoadan ketishni xohlaganini aytdi.
“Yozda faoliyatimni boshqa erda davom ettirish haqida o‘ylayotgandim va shu sababli yangi mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutdim. Men boshqa jamoaga ketishimni normal holat deb hisoblayman, chunki men 26 yoshdaman va terma jamoa a’zosiman, menga esa muntazam o‘yin amaliyoti kerak”, - deydi ivuarlik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Ore joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar