
Server Jeparov boshchiligidagi terma jamoamiz BAA ni taslim qildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston U15 terma jamoasi ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.
Server Jeparov boshchiligidagi jamoamiz bugun mezbon – BAA U15 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Qiziqarli kechgan bahsda vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan har ikkala golga Lazizbek Mirzaev mualliflik qildi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
BAA U15 - O‘zbekiston U15 1:2
Fikrlar