
Server Jeparov boshchiligidagi terma jamoamiz Dubayda ikkita o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2028 yilda Los-Anjelasda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga maqsadli va tizimli tayyorgarlik olib borishi, keyingi yili Osiyo chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi, shuningdek, 2023 yil o‘tkaziladigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi maqsad qilingan.
Bu borada oldinda turgan turnirlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ishlar hozirdanoq boshlab yuborilgan. Xususan, Server Jeparov murabbiyligi ostidagi jamoamiz 14-24 dekabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Yig‘in doirasida vakillarimiz BAA U-15 terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bahslar 21 va 23 dekabr kunlari BAA futbol assotsiatsiyasining maydonida tashkil etiladi. Ikki uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da start oladi, - deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar