
Server Jeparov jamoasi 2 ta xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston U-15 terma jamoasi 2023 yilgi U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichi bahslariga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.
Server Jeparov murabbiyligi ostidagi o‘smirlarimiz 2-8 avgust kunlari poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi.
Bugun U-15 terma jamoamiz Toshkent-Dushanbe havo reysi orqali Tojikistonga yo‘l oldi. O‘smirlarimiz 9-14 avgust kunlari Dushanbe shahrida tashkil etiladigan yig‘in davomida Tojikiston U-15 terma jamoasi bilan ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari 11 va 13 avgust kunlari Dushanbedagi “Respublika Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 19:30da start oladi.
Fikrlar