Server Jeparov qo‘l ostidagi terma jamoa xorij safaridan oldin 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi

  • 6 avgust, 2021, 10:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston U15 terma jamoasi Tojikiston safari oldidan Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.

Tecno

Kecha o‘smirlar terma jamoamiz “Chig‘atoy” stadionida Toshkent viloyati U15 terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Dastlabki bahsda Server Jeparov shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda jamoalar 2:2 hisobidagi durang natijani qayd etgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston U15 terma jamoasi 9-14 avgust kunlari Dushanbe shahrida tashkil etiladigan yig‘in davomida Tojikiston U15 terma jamoasi bilan ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari 11 va 13 avgust kunlari Dushanbedagi “Respublika Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

O‘zbekiston U15 3:1 Toshkent vil. U15

Gollar: Hamid Turg‘unboev (xet-trik)

 

O‘zbekiston U15 2:2 Toshkent vil. U 15

Gollar: Mirjalol Mirhalilov (dubl)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
06/08/2021 23:14
Сервер Жепаровга мураббийлик сохасида омад тилайман. Футболи сифатида ажойиб эди. Мураббий Жепаров хам омадли бўсин.