Server Jeparov U16 O‘zbekiston chempionatida qaysi jamaoalar favorit ekanini aytdi

  • 19 oktabr, 2021, 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri Server Jeparov U16 O‘zbekiston chempionati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytish kerakki, Jeparov ayni damda O‘zbekiston U16 terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Tecno

- Bunday turnirlar sonini oshirish futbolchilar va bolalar murabbiylari uchun juda foydali. Bu kabi musobaqalar ularda raqobat ruhiyatini oshiradi, bolalarda g‘oliblik hissini uyg‘otadi. Statistikaga qaraganda, futbol bilan shug‘ullangan bolalarning kelajakda 2-3 foizigina professional futbolchi bo‘ladi. Lekin 16 yosh katta futbolga birinchi qadam qo‘yish mumkin bo‘lgan yosh hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston U16 chempionati qiziq va shijoatkor tarzda o‘tishiga shubham yo‘q.

Bolalarning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi bilangina kifoyalanmasdan, g‘olib jamoaga bonus sifatida xalqaro turnirlarda ishtirok etish huquqini berish kerak, shunga intilish kerak.

U16 musobaqasi g‘olibligiga asosiy da’vogarlar sifatida "Bunyodkor", "Paxtakor", "Odil-Junior" va "Nasaf"ni ko‘ryapman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!