
Serxio Ramos besh yillik shartnoma oldi
Serxio Ramosni tarbiyalagan “Sevilya” uni yana o‘z safiga chorlamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu klub tajribali himoyachiga besh yillik shartnoma taklif qilyapti. Agar Ramos bu chorovni qabul qilsa, yiliga 7 million evro maosh oladi va faoliyatidan keyin “Sevilya” klubidan ish ham oladi.
Ramosning shu oy oxirida “Real” bilan shartnomasi yakunlanadi. “Qirollik klubi” unga bir yillik shartnoma taklif qilmoqda va maoshini 10 foizga kamaytirishini ma’lum qilgan.
35 yoshli futbolchi hali “Sevilya” taklifiga munosabat bildirgani yo‘q. U 2005 yilda ushbu jamoa safidan “Real”ga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar