
Serxio Ramos o‘zi kutmagan klubdan taklif oldi
Goal.com portali tarqatgan xabarga ko‘ra, Serxio Ramos PSJ bilan shartnoma borasida kelishib olganiga qaramay, turli klublardan chorlov olyapti.
Manbalarning ma’lum qilishicha, 35 yoshli markaziy himoyachiga “Arsenal” ham ish taklif qilyapti. Londonliklar ayni paytda PSJ va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralarni kuzatib bormoqda.
O‘z navbatida, “Real”ning sobiq sardoriga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirgandi. Biroq, manchesterliklar asosiy nishon sifatida Pau Torres va Rafael Varanni tanlagani aytilmoqda.
Fikrlar