Serxio Ramos PSJga o‘tganiga qanday izoh berdi?

  • 9 iyul, 2021, 07:00
  • 0
  • Futbol

PSJ futbolchisiga aylangan “Real” afsonasi Serxio Ramos klub matbuot xizmatiga ikki yillik shartnoma tuzganidan keyingi fikrlarini  bildirdi.

Serxio PSJga ko‘chib o‘tish uning hayotidagi katta o‘zgarish, sport faoliyatida yangi chaqiruv ekanini ta’kidlab, bu kunni hech qachon unutmasligini qo‘shimcha qildi.

- Men Evrokuboklarda o‘zini ko‘rsata boshlagan jamoaga qo‘shilganimdan faxrlanaman va PSJ bilan birga o‘sishda davom etamiz, - dedi Serxio Ramos.

35 yoshli himoyachi Parijga kelgunga qadar, Ispaniya chempionatida “Sevilya” va “Real” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!