Serxio Ramosning sobiq klubi undan yordam kutyapti

  • 28 aprel, 2021, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real”ga 16 yillik umrini bag‘ishlagan jamoa sardori Serxio Ramos o‘zi olib kelingan jamoa – “Sevilya”ga qaytib ketishi mumkin.

“Qirollik klubi” 2005 yilda bu himoyachi uchun sevilyaliklarga 27 million evro miqdorida badal puli to‘lagan edi.  

“Sevilya” rahbariyati  erkin agent maqomini olishga yaqin turgan mashhur futbolchini qaytarishni istamoqda.  Shu maqsadda, klub mutasaddilari Ramos bilan muzokara o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu transferga faqatgina Ramosning katta maoshi to‘sqinlik qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Bundan tashqari, Serxio Ramos oldida “Manchester Yunayted” va PSJ variantlari ham bor. Bu ikki klub moliyaviy nuqtai nazardan “Sevilya”dan ancha baquvvat va o‘z oldiga har qanday turnirda g‘olib chiqish vazifasini qo‘ya oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!